2-son Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori E.T. Madxalikov Belarus Respublikasiga O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi bilan tashrifi davomida Minsk tibbiyot kolleji direktori Svetlana Yuryevna Danilkovich va Vitebsk tibbiyot kolleji direktori Yelena Aleksandrovna Orlova bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

2-Son Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida joriy yilning 6-dekabr sanasida talabalar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi. "Hamshiralik ishi", "Feldsherlik ishi" va "Funksional diagnostika ishi" yo’nalishlari terma jamoalari o’rtasida o’tgan ushbu tanlovda hamshiralik ishi yo’nalishining “Senatorlar” jamoasi g’olib deb topildi. G’olib jamoalarga esdalik sovg’alar topshirildi. Ushbu tadbir davomida jamoalar tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari va badiiy chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan hamda tomoshabinlar tomonidan olqish va e’tiroflariga sazovor bo’ldi. Tadbirga Yangi Namangan tumani ichki ishlar bo’limi hodimlari mehmon sifatida tashrif buyurdi.

2-son Namangan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “10-dekabr-Xalqaro inson huquqlari” kuni munosabati bilan “Yangi O’zbekiston-inson huquqlari” umummilliy darslari o'tkazildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi PF-70-son Farmoni ilovasi bilan tasdiqlangan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar dasturi” 17-bandiga muvofiq, “10-dekabr-Xalqaro inson huquqlari” kuni munosabati bilan 2-son Namangan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida joriy yilning 2-dekabr sanasida “Yangi O’zbekiston-inson huquqlari” umummilliy darslari o’tkazildi.

2-Son Namangan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori Belarussiyaning Minsk shaxriga O'zbekiston delegatsiyasi safida jo'nab ketdi.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-noyabrdagi 27/1-2867-sonli topshiriqlariga asosan, Belarus Respublikasining Minsk shahrida bo'lib o‘tadigan ‘'Belarus-O'zbekiston sog'liqni saqlash va tibbiyot ta'limi kunlari"ga bag'ishlangan forumda Sog'liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi tarkibida 2-son Namangan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori E.T. Madxaliqov Belarussiyaning Minsk shahrida bo'lib turibdi.

22.11.2023-yil sanasida 2-son Namangan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga Yaponiyalik mehmonlar tashrif buyurishdi.

Yaponiyalik tadbirkor Tomohiro Sawada bilan kelgusidagi istiqbolli rejalar va o'zaro hamkorlik masalasida fikr almashildi.

2-son Namangan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabalari va o'qituvchilaridan iborat delegatsiya guruhi Andijon davlat tibbiyot instituti ochiq eshiklar kuni tadbirida ishtirok etish uchun institutga sayohat amalga oshirishdi.

Texnikumimiz delegatsiyasi Andijon davlat tibbiyot instituti axborot resurs markazi, simulyatsion xonalari va o'quv mulyajlari bilan tanishishdi.