2-son Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi rasmiy web saytiga xush kelibsiz!

Ta`lim muassasasi haqida:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb–hunar ta’limi markazining 2009 yil 11 martdagi 60-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2009 yil 11 maydagi 141-sonli buyruqlari hamda Namangan shahar hokimining 2009 yil 27 iyundagi 632-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Joriy 2023-2024 -o`quv yilidan boshlab Namangan 2-tibbiyot kolleji negizida 2-son Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi ta`sis etildi.

9- Aprel

9-Aprel Sohibqiron Amir Temur 

O`quvchi yoshlar o`rtasida adabiyot, san`at va kitobxonlikga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirish, o`quvchi qizlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini yanada kuchaytirish, jinoyatchilikga qarshi kurashish hamda yoshlarni bo`sh vaqtlarini yanada samarali o`tkazish maqsadida, 2-son Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida joriy yilning 26-mart sanasida texnikumning 1-bosqich talabalari o`rtasida guruhlararo “Balli qizlar” ko`rik tanlovi o`tkazildi. Ushbu ko`rik tanlovda qizlar 4 ta shart bo`yicha o`zaro bellashdilar. Qizg`in va ko`tarinki kayfiyatda o`tgan tanlov davomida hakamlar hay`ati tomonidan Hamshiralik ishi 4-guruh talabasi birinchi o`ringa loyiq deb topildi. Ishtirokchilarga texnikum ma`muriyati tomonidan esdalik sovg`alari va tashakkurnomalar topshirildi. Shuningdek, ishtirokchi guruhlar turli nominatsiyalar g`olibi deb e`lon qilindi. 2-son NamJST axborot-media markazi

2 - son Namangan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi media markazi yangi viktorina loyihasini boshladi. Ilk sonimizda katta tanaffus vaqtida talabalarga Adabiyotga doir savollar bilan yuzlandik. Viktorina yakunida 5 nafar g'olib aniqlandi. Ushbu loyihadan ko'zlangan maqsad o'quvchi-yoshlarni adabiyot, san'at va kitobxonlikga bo'lgan qiziqishlarini yanada ortirish, bo'sh vaqtlarini yanada samarali tashkil etishdan iborat. 2-son NamJST axborot-media markazi

2-Son Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida joriy yilning 6-dekabr sanasida talabalar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi. "Hamshiralik ishi", "Feldsherlik ishi" va "Funksional diagnostika ishi" yo’nalishlari terma jamoalari o’rtasida o’tgan ushbu tanlovda hamshiralik ishi yo’nalishining “Senatorlar” jamoasi g’olib deb topildi. G’olib jamoalarga esdalik sovg’alar topshirildi. Ushbu tadbir davomida jamoalar tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari va badiiy chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan hamda tomoshabinlar tomonidan olqish va e’tiroflariga sazovor bo’ldi. Tadbirga Yangi Namangan tumani ichki ishlar bo’limi hodimlari mehmon sifatida tashrif buyurdi.

Direktor onlayn qabulxonasiga murojaat qoldirish

Tizim foydalanuvchi shaxsini sir tutadi.

Murojaatingiz tez fursatda o'rganib chiqiladi

Direktor onlayn qabulxonasi

Texnikumga fotosayohat

Videogalereya

Texnikum faoliyati raqamlarda:

0 +
O'qituvchilar soni
0 +
Talabalar soni
0
Yo'nalishlar
0
Kafedralar

Ko'p beriladigan savollar:

2023-2024- yil uchun qabul jarayonlari tugagan. 2024-2025-o`quv yili uchun kelgusi yilning avgust oyida rasmiy saytimiz orqali habar olishingiz mumkin. 

Yo`q!. Siz 11-sinfni tamomlagach hujjat topshirishingiz mumkin bo`ladi. 

ha, siz yangi o`quv yiliga qabul boshlanganida onlayn platforma orqali ro`yxatdan o`tib, o`qish uchun ariza yuborsangiz bo`ladi. 

O`qish davri siz tanlagan yo`nalishingizga mos ravishda 2-3 yilni tashkil etadi.


O’qish davomida stipendiya berilmaydi lekin o’zini ko’rsatishi qobiliyatidan kelib chiqib rag’batlantirilishi mumkin.

Biz bilan bog'lanish

Manzil:

Namangan Viloyati. Yangi Namangan tumani 14-a uy

Email:

oquvbolimin2tk@gmail.com

Telefon:

+ 99869-237-03-51